Avstraliya - Germaniya. O'yinga qancha tomoshabin keldi?

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2017, 00:30
Sochi shahrida o'tkazilgan Germaniya va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi Konfederatsiyalar kubogi doirasidagi uchrashuvni 28 605 muxlis bevosita stadiondan tomosha qildi.

Ushbu o'yin Sochi shahridagi “Fisht” stadionida bo'lib o'tdi. O'yingoh o'z bag'riga 47 659 tomoshabinni sig'dira oladi.

E'tiborlisi, hozirgacha Konfederatsiya kubogi doirasida o'tkazilgan 4ta o'yindan eng kam muxlis aynan ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif