Avazbek O'lmasaliev: "Men sardormi yoki Davron Ergashev, "Bunyodkor" yutsa bo'ldi"

Iskandarov Abdulaziz
28 okt 2023, 22:09
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Neftchi" bilan uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" sardori Avazbek O'lmasaliev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bunyodkor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun "Bunyodkor" Vitaliy Levchenko boshchiligida "Neftchi"ni yutmagan, degan xabarni o'qib qoldik. Shu bois bugun g'alaba qozonishga harakat qildik. O'ylashimcha, jamoamizga barqarorlik yetishmayapti. Agarda barqarorlikni taminlay olsak, bemalol yuqori o'rinlar uchun kurasha olamiz. Qolgan jamoalarga ham muammo tug'dira olamiz. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. 

Davron Ergashevda katta tajriba bor. Men sardormi yoki Davron Ergashevmi, "Bunyodkor" yutsa bo'lgani. Qolgan detallar ahamiyatsiz",- deydi Avazbek O'lmasaliev. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia