

"Lechche" nomzodlari orasida Vilfrid Boni va Burak Yilmazlar bor.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Atletiko"ning sobiq o'yinchisi Jekson Martines "Lechche" a'zosiga aylanishi mumkin.
Martines faoliyati davomida "Independente Medelin", "Xaguares Chyapas", "Portu", "Atletiko", "Guanjou Evergrand" va "Portimonensi" klublarida o'ynagan.
Oldinroq, "Lechche" Shupo-Moting bilan shartnoma imzolashga yaqin ekanligi haqida xabar berilgan edi.


