"Atletiko"ning asosiy futbolchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o'ynamaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 13:55
"Barselona"ga qarshi LaLiganing 31-tur uchrashuvi oldidan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata jarohat oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" forvardi payini cho'zib olgan va 2 hafta davolanadi.

"Atletiko"ning boshqa hujumchisi Diego Kostaning Kataloniya klubiga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi ham so'roq ostida. Unda mushak muammolari mavjud. "Matraschilar" ustozi Diego Simeone bu bahsda yoshlarni maydonga tushirishi mumkin.

"Barselona" - "Atletiko" o'yini 6 aprel kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS