"Atletiko" yozgi transferlar uchun juda katta mablag' ishlatadi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025
"Atletiko" ushbu yozda katta transferlar amalga oshirmoqchi.

"Marca" ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi yozda tarkibga olib kelinadigan futbolchilar uchun 200 mln evro ishlatishga tayyor. Bu summa tarkibdagi biror futbolchining sotilishiga mutanosib bo'lmaydi.

Oldinroq "Atletiko" "Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baenani 45+5 mln evro evaziga sotib olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Klubning oldinda muxlislari uchun sovg'alari ko'p bo'lishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Objetivo.atletico