"Atletiko" Xorvatiya termasi xavbekiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022
Madridning "Atletiko" klubi "Renn" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Lovro Mayerga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Footmercato".

Manbaga ko'ra, Madrid klubi qishki transfer oynasida futbolchini xarid qilish yo'llarini qidirmoqda va u uchun 60 million evrogacha to'lashi mumkin.

24 yoshli Mayer joriy mavsum "Renn" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato