"Atletiko" vingeriga APL klublari qiziqmoqda

Alisher
17 iyul 2019, 15:01
"Atletiko" forvardi Anxel Korreaga APLning ikki klubi qiziqmoqda.

Gap "Tottenxem" va "Vulverxempton" klublari haqida ketmoqda.

24 yoshli "yangi Aguero" faoliyatini Argentinaning "San-Lorenso"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Matraschilar" 2014 yilda futbolchi bilan shartnoma imzolashgan.

Korrea 2015 yildan buyon Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS