"Atletiko" Simeone o'rniga Tuxelni olib kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 noya 2022, 16:46
Ispaniya OAVga ko'ra, Tomas Tuel "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone o'rniga asosiy da'vogar hisoblanadi.

Simeone dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiy, ammo uning jamoasi La Ligada beshinchi o'rinda va Chempionlar Ligasi guruhida oxirgi o'rinni egalladi. 

Ispaniyaning "Fichajes" tahririyatiga ko'ra, "Atletiko" Tuxel jamoani jonlantirish uchun mukammal shaxs deb bilmoqda.

49 yoshli Tuxel hozirda ishsiz – germaniyalik mutaxassis sentyabr oyi boshida "Chelsi" bosh murabbiyligidan bo'shatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes