Atletiko Sanchesga haftasiga 220 ming funt maosh bermoqchi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2017, 12:40
Madridning Atletiko klubi Arsenal hujumchisi Aleksis Sanchesga qiziqib qoldi.

Ispaniya klubi chililik futbolchiga haftasiga  220 ming funt maosh taklif qilgan.

28 yoshli hujumchining Arsenaldagi hozirgi maoshi haftasiga 130 ming funtga teng. Agar Sanches London klubi bilan kelishuvni uzaytirsa haftasiga 160 ming funt oladi.

Atletiko yozda MYUga o'tishi kutilayotgan Antuan Grizmanning o'rniga Sanchesni olib kelmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Arsenal hujumchisiga Yuventus, Manchester Siti va Chelsi klublari ham qiziqishmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: thesun.co.uk