“Atletiko M” futbolchisining agenti “Milan” bilan muzokara olib bormoqda

30 iyul 2019, 07:55
Anxel Korrea klubini o'zgartirishi kutilmoqda.

“Atletiko M” klubining argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Anxel Korrea “Milan”ga o'tishi mumkin. Hozirda futbolchining agenti “Milan” vakillari bilan muzokara olib bormoqda. “Rossonerilar” futbolchi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor.

Korrea 2014 yildan beri “matraschilar” sharafini himoya qilib keladi.

U o'tgan mavsum La Ligada 3 ta gol urib, 3 ta assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Dimarzio.com