"Atletiko" Kurtuaga buyum otgan muxlislarni kechirmadi

Mirjalol Normatov
5 okt 2024, 00:50
LaLiganing 8-turi doirasida "Atletiko" - "Real" uchrashuvi ikkinchi bo'limi 15 daqiqaga to'xtab qoldi.

Bunga "Real" posboni Tibo Kurtua manziliga bir qancha buyumlardan tashqari, uning "tomorqasiga otilgan" ko'plab haqoratli so'zlar ham sabab bo'ldi.

"O'tgan hafta yakshanba kuni derbida bo'lgan nohush holat borasida ishlar olib bordik va yuzlarni aniqlab, ikki kishini topishga muvaffaq bo'ldik. Ularning ikkisi ham klubning fan-klubidagi shahslar va ular umrbod stadionga kelishdan mahrum qilinishdi. Aybdorlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

"Atletiko" bo'lgan voqeliklar uchun hech qanday bahona topmaydi. Bu klubning imijiga jiddiy ta’sir ko'rsatganini ma'lum qiladi. Shuningdek, shunday ishlarni qiladigan insonlarga sankciyalar qo'yish asosiy siyosati bo'lishini tasdiqlaydi", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As