"Atletiko", "Barselona", "Real" va "Valensiya" Osiyoga keladi

Alisher
18 okt 2019, 12:27
Kelasi yilning yanvar oyida Ispaniya Superkubogi bahslari bo'lib o'tadi.

2019 yil fevralda Superkubok bahslariga o'zgartirish kiritilgan edi. Unga ko'ra, Superkubokda 4ta jamoa qatnashadi. Ikkita yarim final va final (3-o'rin uchun o'yin yo'q) o'yini bo'lib o'tadi.

Barcha bahslar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. O'yinlar 2020 yil 8-12 yanvar kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar:

"Valensiya" - Ispaniya Kubogi g'olibi

"Barselona" - Ispaniya Kubogi finalchisi va Ispaniya chempionati g'olibi

"Atletiko" - Ispaniya chempionati 2-o'rin sohibi

"Real" - Ispaniya chempionati 3-o'rin sohibi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia