"Atletiko" Allan uchun qancha to'lamoqchi?

Sherzod Nurmatov
17 avg 2020, 01:20
"Napoli" yarim himoyachisi Allan Diego Simeone shogirdiga aylanishi mumkin.

So'nggi axborotlarga ko'ra, "Atletiko" yarim himoyachi uchun taxminan 40 million evro to'lashga tayyor. U jamoada "Arsenal"ga o'tishi mumkin bo'lgan Tomas Partining o'rnini egallaydi.

Shuningdek, braziliyalik futbolchiga "Everton" tomonidan ham qiziqish mavjud – uni xarid qilishni bosh murabbiy Karlo Anchelottining shaxsan o'zi xoxlayapti.

Allan joriy mavsum Neapol klubi tarkibida A Seriyaning 23 o'yinida qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca