"Atletik" murabbiyi: "Barselona" - ajoyib jamoa, ammo bizga qarshi ular azoblanishi kerak edi"

Alisher
24 iyun 2020, 15:51
"Atletik" bosh murabbiyi Gaiska Garitano La Liga 31-tur doirasidagi "Barselona" (0:1)ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz "Barselona" uchun muammolar yaratish uchun kelgandik va buning uddasidan chiqdik ham. "Barsa" - ajoyib jamoa, ammo bizga qarshi ular azoblanishi kerak edi.

Afsuski, to'pni egallab olganimizdan so'ng vaziyatlardan foydalana olmadik, so'nggi pas yetmadi. Bu esa muvaffaqiyat kaliti bo'lar edi.

Men maydonga tushmaydiganlarning o'yinlaridan mamnunman. Ular har qanday vaqtda o'ynay olishlarini ko'rsatib berishdi, chunki ular oxirigacha kurashishdi. Biz ularga ishonishimiz mumkin. Bu mavsumning eng og'ir o'yini bo'ldi", - deydi Garitano.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca