“Atletik” murabbiyi shartnomasini uzaytirdi

“Atletik” klubi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi Gaiska Garitano bilan shartnomasi uzaytirilganligini e'lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassining yangi kelishuvi 2020 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi. Shuningdek bosh murabbiyning yordamchilari bilan ham kelishuv uzaytirildi.

Garitano o'tgan yilning dekabrida “Atletik” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U qoniqarsiz natijalari sabab iste'foga chiqarilgan Eduardo Bericco o'rniga egallagandi.

“Atletik” La Ligada 30-turdan so'ng 43 ochko bilan sakkizinchi pog'onani band etgan. 


Manba: "Атлетик" расмий сайти