

Bu haqda Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o'tgan mavsum Yevropa Ligasining birinchi yarim final uchrashuvidan so'ng Alvares doping-test topshirgan va bu musbat natija ko'rsatgan. Doping namunasida taqiqlangan kanrenon moddasi aniqlangan.
Chetlashtirish muddati vaqtinchalik to'xtatib turish boshlangan kun – 2 iyundan boshlab hisoblanadi. Diskvalifikaciya 2026 yil 2 aprelda tugaydi.
Alvares 30 yoshda, u 2016 yildan buyon "Atletik"da o'ynamoqda. Jamoa tarkibida 2024 yilda Ispaniya Kubogi g'olibi, 2021 yilda esa mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan.



