"Atletik" Aduris va Balensiaga bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015, 08:16
"Atletik" o'z rasmiy saytida hujumchi Aric Aduris va himoyachi Mikel Balensiaga bilan yangi shartnomalar imzolaganini ma'lum qildi.

Adurisning bitimi 2016 yilning 30 iyunigacha belgilandi va futbolchida kelishuvni yana bir yilga cho'zish imkoniyati bor. Hujumchining shartnomadagi badal puli 36 mln dollar qilib belgilandi.

Balensiaga esa shartnomani 2019 yilning 30 iyunigacha cho'zdi. Kelishuvda himoyachining badal puli 35 mln dollar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com