

“Valensiya” futbolchisi Esekel Garayning koronavirusga chalingani ortidan “Atalanta” klub karantinga chiqqanini e'lon qildi. Klub aslida kelasi haftadan mashg'ulotlarga qaytishi lozim edi. Biroq “Atalanta” rahbariyati YCHL 1/8 finali doirasida “Valensiya”ga qarshi o'yin o'tkazganini hisobga olib, 14 kunlik karantin e'lon qildi.



