“Aston Villa” Terrining xizmatlariga extiyoj sezmoqda

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017, 22:20
“Chelsi” klubining endilikda sobiq sardori Jon Terri faoliyatini “Aston Villa” jamoasida davom ettirishi mumkin.

Birmingemliklar 36 yoshli tajribali himoyachining xizmatlariga extiyoj sezmoqda. Bu haqda Britaniyaning Sky Sports nashri xabar tarqatdi. Terri bu yil “Chelsi” klubida Angliya chempioni sifatida London jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

Ma'lumot uchun, “Aston Villa” jamoasi Chempionshipning yakunlangan mavsumida 13-o'rinni egalladi. Birmingem klubi 2016 yilning aprel oyida Premer-ligani tark etgan edi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif