"Aston Villa" Koutinoni "Barsa"dan 40 mln evroga xarid qilishi mumkin

Alisher
7 yanv 2022, 16:45
"Aston Villa" va "Barselona" o'rtasidagi ijara kelishuvida yarim himoyachi Filippe Koutinoni necha pulga xarid qilish huquqi yozilgani ma'lum bo'ldi.

Agar braziliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini Birmingem klubida muvaffaqiyatli o'tkazsa, uni 40 million evroga xarid qilish mumkin bo'ladi.

Ma'lum bo'lishicha, "Aston Villa" Koutinoning 65% maoshini to'laydi.

Eslatib o'tamiz, hujumkor yarim himoyachi "Barselona"ga 2018 yilda "Liverpul"dan 160 mln evro evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport