Asror G'ofurov chempionlikni qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2023, 22:49
Bangladesh chempionatida mavsum chempioni aniq bo'ldi.

Bugun Asror G'ofurov harakat qilayotgan "Bashundara Kings" jamoasi o'z maydonida "Abaxani Limited Dakka" jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Shu orqali jamoaga chempionlik sovrini topshirildi.

"Bashundara Kings" - "Abaxani Limited Dakka" 1:0

Gol: Donielton (21).

Asror G'ofurov ushbu mavsum Bangladesh chempionatida 12 o'yinda maydonga tushib, 3tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia