Asror Aliqulov: “Finalda imkoniyatlar teng deb o'ylayman”

Narzulla Saydullayev
12 noya 2014, 11:23
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Kubogi-2014 final o'yini bo'lib o'tadi. Olmaliq shahrida kechadigan bo'lajak bahs oldidan ayrim futbolchi va mutaxassislar fikri bilan qiziqdik.
Bu borada dastlab “Dinamo” himoyachisi Asror Aliqulov bilan bog'landik.

- Asror aka, bugun Kubok finali bo'lib o'tadi. Ilgari bir necha bor bunday o'yinlarda ishtirok etgan futbolchi sifatida nima deysiz?
- Final qiziqarli o'tishini taxmin qilyapman. Har ikkala jamoa ham borini beradi. Imkoniyatlar esa 50x50. “Lokomotiv” chempionlikni boy berdi. Shunday ekan bugun qanday bo'lmasin, Kubokni qo'lga kiritish uchun astoydil xarakat qiladi.

- “Bunyodkor”ning ustun jihatlari nima deb o'ylaysiz?
- Yaxshi jamoa. Chempionatning so'nggi turida “Paxtakor”ga alamli tarzda mag'lub bo'ldi. “Qaldirg'ochlar” birinchi bo'limni yaxshi o'tkazishdi. Lekin o'yin so'nggilarida g'alabani qo'ldan chiqardi. Endi ular Kubokda zafar quchishga bor imkoniyatini ishga soladi.

- Faoliyatingiz mobaynida siz ham o'z vaqtida bu kabi final bahslarida bir necha bor ishtirok etgansiz. O'shanda uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rardinglar?

- Final bu – o'z nomi bilan finaldir! Bunday o'yinlarga murabbiy shogirdlarini tayyorlashi shart emas. Chunki har bir yigit finalga o'zini-o'zi puxta tayyorlaydi. Xususan o'zim bunday o'yinlarga astoydil tayyorgarlik ko'rardim.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia