Asqar Tolibjonov “UzDongJu” qarorgohiga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2016, 10:10
Kecha terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov, markaz konsultanti Vyacheslav Soloxo “UzDongJu” jamoasi qarorgohi hisoblangan Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni “UzDongJu” jamoasi bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilov maktab-internati direktori Nasibillo Madrahimov kutib olishdi.

Shundan so'ng Asqar Tolibjonov boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda viloyat futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Alisher Uzoqov viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi  direktori Bekzodbek  Karimov  va “UzDongJu” jamoasi murabbiylari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda Asqar Tolibjonov so'z olib har bir yoshdagi terma jamoalarimizga oldiga jahon chempionatiga yullanma olishni bosh maqsad qilib qo'yish anana bo'lib qolayotganligi va bu borada klublardagi rahbar va murabbiylarining ko'magi zarurligini ta'kidlab o'tdi.

“UzDongJu”jamoasining ikki nafar a'zosi 1997 yillardan tashkil topgan o'smirlar va 2000 yilda tug'ilgan bolalardan tashkil topgan yoshlar terma jamoalariga nomzod qilib ko'rsatilganligini aytib o'tdi.


Ayni damda 2000 yilda tug'ilgan “UzDongJu”tarbiyalanuvchisi Doniyor Abdumannov terma jamoa safila Polsha termasiga qarshi maydonda harakat qilayotganligini, 1998 yilda tug'ilgan “UzDongJu” jamoasi a'zosi Usmonali Ismonaliev esa 25 aprel kuni Saudiya Arabistoni davlatiga shu terma jamoa bilan  o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish uchun jo'nab ketishligini aytib o'tdi.

Ushbu terma jamoalarga nomzodi ko'rsatilgan futbolchilarni nafaqat murabbiylar tomonidan balki ota-onalari tomonidan ham qo'llab quvvatlash zarurligi, jamoadagi shifokorlarning muntazam nazorati ostida bo'lishi kerakligini  ta'kidlab o'tdi.



Yig'ilishda markaz konsultanti Vyacheslav Soloxo so'z olib terma jamoalarga nomzodlar sonini yanada oshirish kerakligini va bu borada jamoadagi murabbiylar tinmay mehnat qilish kerakligini va shundagina terma jamoalarimizda sog'lom raqobat vujudga kelib  ko'zlangan yuqori maqsadlarimizga albatta etamiz deya ta'kidlab o'tdi.

Bir soatga yaqin bo'lib o'tgan yig'ilish qizg'in suhbatlar va munozaralarga boy tarzda o'tkazildi, barcha ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


UzDongJu matbuot kotibi Sherzodbek Mamadaliev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia