Asliddin Aloliddinov: "5-o'ringa chiqib olganimizdan baxtiyormiz"

Narzulla Saydullayev
14 noya 2018
Pro-Liga 35-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "Lokomotiv-BFK" uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Asliddin Aloliddinov “Championat.asia" saytiga intervyu berdi.

"Lokomotiv-BFK" bilan bo'ladigan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rgan edik. Oldingi turlarda jamoamiz ketma-ket mag'lubiyatlarga uchrab kelayotgandi. Pro-Liga 34-tur doirasida safarda "Labsa" jamoasini mag'lub etdik. Mana bugun ham o'z maydonimizda "Lokomotiv-BFK" jamoasini mag'lubiyatga uchratdik. Albatta har ikki g'alaba ham osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Muhimi muxlislar bizni bugungi uchrashuv yakunida olqishlab kuzatib qo'yishdi. Turnir jadvaliga qarasam 5-o'ringa ko'tarilibmiz, bundan judayam xursandman. Navbatdagi turda ham g'alaba qoonishga harakat qilamiz. Barcha muxlislarimizga bizni butun mavsum davomida qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman - deydi Asliddin Aloliddinov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia