Asliddin Abdievning goli “Nasaf-2”ga g'alaba keltirdi

Bugun mamlakatimiz futbol maydonlarida O'zbekiston birinchiligining 5-turidan joy olgan so'nggi ikki uchrashuv bo'lib o'tdi.


Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” jamoamiz Toshkentda “Paxtakor-2” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvdagi yagona golni, jamoamiz safiga mavsum boshidan kelib qo'shilgan yosh va iqtidorli hujumchi Asliddin Abdiev tomonidan 49-daqiqada kiritildi. Hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi va jamoamiz mavsumdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Asliddin Abdiev esa o'z hisobiga mavsumdagi 2-golni yozib qo'ydi. Nurali Sultonov shogirdlari ushbu g'alabadan so'ng turnir jadvalidagi mavqielarini ham yaxshilab olishdi. Jamoamiz 10-o'rindan 5-o'ringa ko'tarildi.

“Nasaf-2” jamoamiz navbatdagi 6-tur uchrashuvini ham safarda o'tkazadi, ular bu safar “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv 30 aprel shanba kuni bo'lib o'tadi.

O'zbekiston birinchiligi, 5-tur

"Paxtakor-2" - "Nasaf-2" 0:1

27.04.2016. Toshkent sh., “Chilonzor” SM

Gol: 19.Asliddin Abdiev, 49’-0:1.


Manba: fcnasaf.uz