AS o'quvchilari Ispaniya chempionatida "Barselona" g'olib bo'lishini bashorat qilishyapti

Aslanov Jasurbek
10 may 2016, 11:06
Ispaniyaning AS gazetasi o'z o'quvchilari o'rtasida Primero g'olibi kim bo'lishi borasida so'rov o'tkazdi.



So'rovnoma natijalariga ko'ra, ovoz beruvchilarning 58,4% "Barselona" chempion bo'lishini tanlagan, "Real" g'alabasini taxmin qilganlar 41,6%ni tashkil etdi.

"Barselona" so'nggi turda "Granada" mehmoni bo'ladi, "Real" esa "Deportivo"ga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com