AS: "El Klasiko" yana qoldirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 dek 2019, 21:59
LaLiganing 10-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi yana bir bor boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, Kataloniya aholisi internetda Kataloniya mustaqilligi uchun namoyishlar o'tkazishni rejalashtirishmoqda. Namoyishlar esa shundoqqina "Kamp Nou" stadioniga yaqin joyda bo'lib o'tadi.

U yerda 25 mingga yaqin namoyishchi yig'ilishi kutilmoqda va ular katta ehtimol bilan jamoalar avtobusini stadionga qo'yib yuborishmaydi.

Uchrashuv ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS