Artyom Petrosyan: "Standartlarda e'tiborni yo'qotganimiz uchun gol o'tkazib yubordik"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2021, 21:38
"Metallurg" katta murabbiyi Artyom Petrosyan "Nasaf"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.





O'yin haqida

- Birinchi navbatda, yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi taymda 10 kishi bo'lib qolganimizga qaramasdan, oxirigacha kurashishdi. Penaltidan gol urolmadik, lekin bu - futbol, shunaqasi ham bo'lib turadi. 

"Nasaf" – tezkor va yaxshi tarkibga ega jamoa. Standartlarda e'tiborni yo'qotganimiz uchun gol o'tkazib yubordik. Jamoamiz futbolchilariga ikkinchi bo'limdagi harakatlari uchun tashakkur. 

- Darvozabon yaxshi harakat qildi...

- Darvozabonning vazifasi o'zi shu, u qutqarishi kerak. Ikkita qiyin vaziyatda zo'r o'ynadi va jamoamiz joniga ora kirdi.

- "Metallurg" o'tgan yilga qaraganda yomonroq o'ynamoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Buni hozir tushuntirib berolmayman, bu uzoq vaqtni talab qiladi. O'ylaymanki, o'tgan yilgi yetakchilarning jamoani tark etgani ta’sir qildi.

- Jasur Abduraimov iste'fosi bo'yicha izoh berolasizmi?

- Bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov betob. O'zingiz ko'rdingiz, zaxira o'rindig'ida ispaniyalik janob Luis Manuel Ernandes o'tirdi. U kishi bizga yordam bermoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia