Artyom Filiposyan "Paxtakor"da?!

Narzulla Saydullayev
2 dek 2014
Toshkentning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Artyom Filiposyan yangi mavsumni boshqa klubda o'tkazadi.
Yozda "temiryo'lchilar" bilan 6 oylik shartnoma tuzgan himoyachining shartnomasi yakuniga etdi.

Vadim Abramov jamoasida juda kam maydonga tushgan Filiposyan boshqa takliflarni o'rganib chiqmoqda. Katta ehtimol bilan futbolchi Toshkentning boshqa bir klubi "Paxtakor" klubiga ko'chib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Filiposyan ikkinchi davrada oliy ligada 6ta o'yinda jami 382 daqiqa harakat qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia