Artur Yunusov: "Bunday sovrinni O'FF rahbarining qo'lidan olish sharafli"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2015, 16:11
Bugun O'FF matbuot anjumanlar zalida 2014 yil laureatlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, O'zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi futzalchisi deb "Ardus" a'zosi Artur Yunusov tan olindi. Tadbir yakunlangach Arturning fikrlari bilan qiziqdik.

- Hissiyotlarimni so'z bilan tariflash qiyin, bunday sovrinni O'FF rahbarining qo'lidan qabul qilib olish juda ham sharafli va faxrli, - deydi Artur Yunusov.

- O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- JCHga chiqish imkoniyati juda yaxshi. Sababi Osiyo chempionati Toshkentda bo'lib o'tadi, ammo buning uchun anchagina mehnat qilishimiz kerak. Barchasi endi boshlanmoqda, JCHga chiqishni bir necha yillardan buyon orzu qilamiz. Bu safar barchasi biz uchun omadli bo'ladi deb umid qilaman.

Tolibjon Qosimov yozib oldi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia