Arteta va "Arsenal" shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishdi

Alisher
6 may 2022, 13:53
"Arsenal" Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirdi.

40 yoshli bask va London klubi 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan kelishuv bitimini imzolashdi.

2011-2016 yillar davomida "Arsenal"da o'ynagan Arteta jamoani 2019 yilda qabul qilib oldi, u bunga qadar "Man Siti"da Pep Gvardiolaning shtabida ish olib borgan edi.

Mikel "Arsenal" bilan Angliya Kubogi va Superkubogida g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com