

Bu haqda "The Mirror" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, mutaxassis futbolchining "kanonirlar" safiga o'tishiga ishonmoqda.
24 yoshli yarim himoyachining "bolg'achilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va u bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Qayd etilishicha, futbolchi "Vest Xem"ning kelishuvni uzaytirish taklifini rad etgan. Raysning o'zi Chempionlar Ligasida o'ynashni xohlaydi, uni "Arsenal" varianti qiziqtirmoqda.



