Arteta “Barselona” ustozi bo'lishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
3 mar 2021, 19:50
Avvalroq, kataloniyaliklar prezidentligi uchun asosiy nomzodlardan biri Joan Laporta “Arsenal” ustozini jamoaga olib kelmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Barselona”dagi prezidentlik saylovlari vaqtida doimo taxminlar bo'ladi. Bu buyuk klub, u yerda futbolchiga aylandim, doimo bir-birimizga bog'langanmiz. Biroq, bor e'tiborimni “Arsenal”da bajarishim kerak bo'lgan ishlarga to'liq qaratganman va bu yerda menga yoqadigan ishlar juda ham ko'p. Mazkur klubga murabbiylik qilish esa men uchun sharafdir va bundan baxtliman.

Bugun va ertaga ham “Arsenal” ustoziman, bu esa menga yoqadi va ko'proq yutuqlarni qo'lga kiritishni istayman”, deydi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports