Arshavin Arsenalning eng yomon futbolchilari terma jamoasidan o'rin oldi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2014, 08:16
Mirror nashri Manchester Yunayted va Arsenal klublarining barcha davrlarining eng yomon futbolchilaridan iborat terma jamoasini tuzib chiqdi.
London klubi tarkibidan Andrey Arshavin ham o'rin oldi. Eslatib o'tamiz, Arshavin Arsenal safida 2009-2013 yillarda faoliyat olib borgan. 105ta o'yinda 23ta gol urgan rossiyalik futbolchi 2009 yilda Liverpul bilan bahsda (4:4) pokerga erishgan.

Arsenal tarkibi: Richard Rayt - Gus Sezar, Sebastyan Skillachi, Paskal Sigan, Nelson Vivas - Jermeyn Pennant, Denilson, Yon Yensen, Andrey Arshavin - Frensis Jeffers, Jeremi Aliader.

Manchester Yunayted tarkibi: Massimo Taibi - Jonatan Spektor, Loran Blan, Vilyam Prune - Liem Miller, Erik Jemba-Jemba, Bebe, David Belon, Kleberson - Yordi Kruiff, Garri Bertlis.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru