"Arsenal"ning taklifi "Sporting"ga maqul kelmadi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2025
"Arsenal" "Sporting"ga Viktor Gyokeresh borasida ilk rasmiy taklifini yubordi.

"Record" nashrining yozishicha, "kanonirlar" taklifda futbolchi uchun 55+10 mln evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan. Biroq bu summa "Sporting" talablariga to'g'ri kelmagan. Klub prezidenti Frederiko Varandash matbuot anjumanida futbolchisini 60+10 mln evrodan kamiga sotmasligini ochiq oydin aytgandi.

"Arsenal"ning bu taklifi so'nggisi bo'lmasligi mumkin. Klub Gyokeresh borasida yana taklif jo'natishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Record