"Arsenal"ning ispaniyalik futbolchisi APLning qachon davom ettirilishini aytdi

Alisher
21 may 2020, 12:17
"Arsenal"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" o'yinchisi Daniel Sebalos APLning 20 iyunda davom ettirilishini aytdi.

"Men "Real" o'yinchisiman va dunyodagi har qanday futbolchi shunday klub safida o'ynashni xohlaydi. Mening "Real" bilan 3 yillik shartnomam bor va bu klub muvaffaqiyatli karera uchun idel klubdir.

Angliya Premer-ligasi Ispaniyanikidan kech boshlanadi, biz esa 20 iyundan boshlaymiz. 48 soat oldin koronavirusni tekshirishdi va hammamiz sog'-salomatmiz", - deydi Sebalos.

Sebalos joriy mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca