“Arsenal”da dekabrning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2022, 09:30
“Arsenal” forvardi Gabriel Martinelli jamoaning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Braziliyalik dekabrda “to'pchilar” libosida 6 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi. Umuman 20 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 14 uchrashuvda 4+2 natija ko'rsatdi.

Londonliklar esa 21 o'yindan keyin 36 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com