"Arsenal" "Yuventus"ning ikki futbolchisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 14:37
Ularning umumiy narxi – 115 million evro.

Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

"Arsenal" "Yuventus"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. London klubi yarim himoyachi Fabio Miretti va hujumchi Dushan Vlaxovichni sotib olishga tayyor.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, kelishuv 115 million evroni tashkil qilishi mumkin.

A Seriyaning joriy mavsumida 22 yoshli Vlaxovich "Yuventus" tarkibida 6 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan, 19 yoshli Miretti esa 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato