"Arsenal" "Yuventus" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
15 may 2020, 14:32
"Arsenal" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Raboga qiziqmoqda.

"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta 25 yoshli francuz futbolchisini o'z jamoasiga ijara asosida olib kelmoqchi edi, ammo bitim tuzilmadi.

Xabar qilinishicha, o'yinchiga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Everton" klublari qiziqmoqda.

Qayd etish kerakki, "Yuventus" Raboni yaqin transferlar oynasida sotishga tayyor.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum "Yuventus" libosida A Seriyada 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato