"Arsenal" yozda 5 nafar "to'pchi" bilan xayrlashadi

25 mar 2020, 00:35
"The Daily Mail" xabariga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta rahbariyatga jamoani tark etishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxatini taqdim qilgan.

Aytishlaricha, ro'yxatdan himoyachilar Shkodran Mustafi, Sokratis Papastatopulos va Sead Kolashinac o'rin egallagan. Shuningdek, hozir ijaraga berib yuborilgan Genrix Mxitaryan ("Roma") va Muhammad El-Nenni ("Beshiktosh") ham ispaniyalik mutaxassisning rejalariga kiritilmagan. "Kanonirlar" ushbu futbolchilarning sotilishi orqali 150 million evro miqdoridagi mablag'ga ega bo'lib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Daily Mail