"Arsenal" yarim himoyachisi "Roma"ga o'tishga yaqin

Alisher
31 dek 2021
"Arsenal" xavbeki Eynsli Meytland-Nayls "Roma"ga o'tishga yaqin.

Italiya klubi 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Rimliklar sport direktori Tyagu Pintu endilikda qishdagi ehtimoliy transferni "kanonirlar" rahbariyati bilan muhokama qiladi.

Qayd etish kerakki, Meytland-Nayls "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan gaplashdi.

Meytland-Nayls 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports