
Fransiya terma jamoasi a'zosining xizmatlariga "kanonirlar" bosh murabbiyi Arsen Venger tomonidan qiziqish bildirilmoqda. U Debyushini yaqinda jamoani tark etgan Bakari Sanyaning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Ta'kidlab o'tish lozimki, futbolchiga shuningdek, PSJ tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Debyushining "Nyukasl" bilan shartnomasi 2018 yilda o'z yakuniga etadi.