"Arsenal" va "Nyukasl" "Barselona" himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023, 16:49
Angliya klublari "Barselona" himoyachisi Alexandro Baldega qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Angliya klublari kataloniyaliklar moliyaviy muammolar tufayli shartnomani uzaytira olmayotgan 19 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan bitimi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Balde – "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2022/23 yilgi mavsum jamoa safida 19 ta o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es