"Arsenal" ustozi qishki transfer oynasidagi rejalari haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023, 11:17
Mikel Arteta aniq nomlar va poziciyalarni aytmadi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klubning qishki transfer oynasidagi rejalari haqida to'xtaldi.

"Bizning rejamizda bazi o'yinchilar bor. Ikki haftadan keyin tarkibimiz qanday bo'lishini bilmaymiz. Bu juda tez o'zgarib borayotgan juda murakkab bozor", – dedi Arteta.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” APLda 18 turdan so'ng 40 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian