“Arsenal”, “Tottenxem” va MYU Diop uchun kurashadi

6 apr 2020, 08:32
Issa “Vest Xem”ni tark etishga qaror qildi.

“Vest Xem” himoyachisi Issa Diop yozgi transferlar vaqtida klubni tark etadi. U bu borada yakuniy qarorga kelgan. 23 yoshli francuzning xizmatlariga “Arsenal”, “Tottenxem” hamda MYU jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Vest Xem” esa o'z navbatida futbolchining transferidan 60 mln evro ishlab olish niyatida.

Diop joriy mavsum londonliklar safida 26 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Team Talk