"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir "kanonirlar" bazasida shug'ullanmoqda

Alisher
7 okt 2021, 16:53
"Arsenal" sobiq xavbeki klub bazasida shug'ullanmoqda.

Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Biz Jekka o'z karerasidagi keyingi qadamini qo'yishni hal qilguniga qadar tayyorgarlik va mashg'ulot bo'yicha yordam bermoqdamiz", - deyiladi "Arsenal"ning twitter'dagi sahifasida.

Uilshirning so'nggi ish joyi "Bornmut" bo'lgan edi. Futbolchi jamoada 2021 yilning yanvaridan iyuliga qadar harakat qildi. 29 yoshli xavbek hozirda erkin agent hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal