"Arsenal" sobiq himoyachisi Kolo Ture "Uigan" boshqaruvini qo'lga oldi

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 17:35
"Arsenal", "Manchester Siti", "Liverpul" va Kot-D’Ivuar terma jamoasi sobiq himoyachisi Kolo Ture "Uigan" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Tomonlar 3,5 yillik shartnoma imzolashdi.

2019 yilning fevralidan buyon "Lester" murabbiylar shtabida ishlab kelgan 41 yoshli ivuarlik "Uigan" bilan noyabr oyi boshidan buyon muzokaralar olib borayotgandi. Nihoyat, tomonlar kelishuvga erishishdi.

"Uigan" 10 noyabr kuni Lim Richardson ishdan bo'shatilganidan keyin yangi bosh murabbiy qidirayotgan edi. Jamoa chempionat jadvalida 22-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: wiganathletic.com