"Arsenal" Simeoneni nishonga oldi

Alisher
10 iyun 2022, 15:18
Londonning "Arsenal" klubi "Verona" hujumchisi Jovanni Simeoneni xarid qilmoqchi.

Argentinalik "Emireyts"da jamoani yozgi transfer oynasida tark etgan Aleksandr Lyakazettning o'rnini egallashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" "Manchester Siti" bilan Gabriel Jezusning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Simeone esa zaxira varianti sifatida ko'rilmoqda. U o'tgan mavsum A Seriya doirasida 17ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Simeonening transfer huquqi "Kalyari"ga tegishli, ammo "Verona" o'tgan mavsum jamoada ijara asosida o'ynagan futbolchini xarid qilish ustida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia