"Arsenal" Sen-Maksimenga qiziqmoqda

Alisher
6 iyul 2020, 13:15
"Nyukasl" forvardi Allan Sen-Maksimen faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

25 yoshli fransiyalik futbolchiga "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, forvard APLning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Sen-Maksimen joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik futbolchi "Nyukasl"ga 2019 yilda "Nicca"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star