"Arsenal" Pepeni 30 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
9 apr 2022
"Arsenal" forvardi Nikolya Pepe klubdan kyetishi mumkin.

London klubi 26 yoshli ivuarlik futbolchi bilan yozgi transfer oynasida 30 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Pepe joriy mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, inglizlar uni 2019 yilning yozida "Lill"dan o'zlari uchun rekord (79 mln evro) miqdordagi mablag' evaziga xarid qilishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato